Qushlar muhofazasi uchun ovozlarimizni birlashtiraylik!

wmbd_logo_cymk12-13 may kunlari qushlarni yaxshi va tabiatni sevuvchilar o’nikkinchi marotaba Umumjahon ko’chib o’tuvchi qushlar kunini (WMBD) nishonlashadi. WMBD ning bu yilgi mavzusi “Qushlar muhofazasi uchun ovozlarimizni birlashtiraylik!” deb nomlangan bo’lib, ko’chib o’tuvchi qushlar yo’lida uchraydigan qiyinchiliklar haqidagi xabardorlikni oshirish maqsadida ushbu global axborot kompaniyasi tashkilotchilarining hamkorligiga urg’u bermoqda. Qushlarni muhofaza qilish jamiyati ko’chib o’tuvchi qushlar kuni doirasida talabalar klublariga universitet va maktablarda turli tadbirlar o’tkazishni maslahat beradi!

WMBD ni o’tkazishning tashabbuskorlari Afrika-yevroosiyoning migratsiya qiluvchi suv qushlarini muhofaza qilish haqidagi kelishuv (AEWA) va Ko’chib o’tuvchi qushlarni muhofaza qilish haqidagi konvensiya vakillari qayd etishicha qushlar juda yaxshi moslashish hususiyatiga ega. Ammo hayotining turli davrlarida ular turli xil ozuqa manbalariga, dam olish va uya qurish uchun qulay joylarga muhtoj bo’ladilar. Qushlar uchun xavfga uchramasdan, yirtqichlarga yem bo’lmasdan tullashga, ya’ni pat qoplamini almashtirishga yashirin, tinch joylar kerak. Yil fasllarining almashinuvi qushlarni qulayroq sharoitlar topish maqsadida migratsiya va uzoq masofalarga parvoz qilishga majbur qiladi.

Постер WMBD 2018_узб.jpgShuning uchun yiliga ikki marta, kuz va bahor mavsumida butun dunyo bo’ylab milliardlab qushlar uyalash joylaridan qishlash joylariga va aksincha yo’nalishda uzoq sayohatga yo’l oladilar. Bu o’n minglab kilometrlarga cho’zilgan o’ta toliqtiruvchi va xatarli yo’ldir! Ko’chib o’tuvchi barcha qushlar orasida Arktikadan Antarktikaga ko’chib o’tuvchi yagona qush oq qanotli chigirtchi eng uzoq masofani, qariyb 70 ming kilometrni uchib o’tadi! Ko’chib o’tuvchi qushlar ozuqa tanqisligi, yirtqichlar hamlasi, og’ir ob-havo sharoitlari, dengizlar, tog’ tizimlari va suvsiz sahrolarni uchib o’tishga bardosh berishlari lozim.

1_Seppo Ekelund_LWfG - копияO’zbekiston uchib o’tish yo’llari kesishuvida joylashgan, shu bois yurtimizda 460 dan ortiq qushlar turi uchraydi, ulardan 117 tasi ko’chib o’tuvchi turlar hisoblanadi. WMBD ning maqsadi ko’chib o’tuvchi qushlar va ularning yashash muhitlari, ular uchratishi mumkin bo’lgan xavf-xatarlar, ularning ekologik ahamiyati hamda ularni muhofaza qilish borasida xalqaro hamkorlik haqida odamlarga yetkazish hisoblanadi. Oldingi yillar kabi WMBD yurtimizda qushlarni muhofaza qilish jamiyatining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasidagi talabalar klublarining a’zolar tomonidan nishonlanadi.

WMBD aksiyalarini ham ochiq havoda, ham inshootlar ichida o’tkazish mumkin. O’zingiz uchun qulay bo’lgan istalgan shakldagi ishtirokingiz bilan kompaniya uchun bebaho hissa qo’shgan bo’lasiz! O’zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati tomonidan “Eko sanalar” loyihasi doirasida Umimjahon ko’chib o’tuvchi qushlar kunini nishonlashning batafsil metodikasi tuzilgan. Siz http://uzspb.uz/eco_dates.pdf havolasi orqali yuklab olish mumkin bo’lgan, “Eko sanalar” risolasidan foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, WMBD dasturiga O’zbekistonda Yil Qushi 2018 sifatida tanlab olingan dunyo miqyosida havf ostidagi chinqiroq g’oz haqidagi axborotlarni qo’shish tavsiya etiladi. Chinqiroq g’oz juda noyob qush bo’lib, yurtimizdan uchib o’tadi, bundan tashqari u O’zbekistonda qishlaydi.

Qushlarning ko’chib o’tishi haqida taqdimotni (prezentatsiya) olish uchun biz bilan bog’laning! WMBD va uning doirasida O’zbekistonda rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlarni https://www.worldmigratorybirdday.org/events-map havolasi orqali o’qishingiz mumkin.

Реклама

Добавить комментарий

Заполните поля или щелкните по значку, чтобы оставить свой комментарий:

Логотип WordPress.com

Для комментария используется ваша учётная запись WordPress.com. Выход /  Изменить )

Google+ photo

Для комментария используется ваша учётная запись Google+. Выход /  Изменить )

Фотография Twitter

Для комментария используется ваша учётная запись Twitter. Выход /  Изменить )

Фотография Facebook

Для комментария используется ваша учётная запись Facebook. Выход /  Изменить )

Connecting to %s